Sardoba tumani hokimi FM World Group kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi
2025-11-02 10:50:00 / Yangiliklar
Sardoba tumani hokimi FM World Group kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi

Sirdaryo viloyati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Sardoba tumani hokimi Ziyadulla Karimov Jiangsu provinsiyasining Danyang shahrida joylashgan FM World Group kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuv davomida FM World Group kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi va yakunda qishloq xo'jaligi sohasida umumiy qiymati 30 million dollarlik investitsion loyihalar bo‘yicha tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishildi.
Tashrif davomida Sardoba tumanida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.


