Oxirgi 3 yilda Uzbekcoders.uz platformasi orqali 1 milliondan ortiq yoshlarimiz dasturlash bo'yicha online kurslarni BEPUL o'qish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
2025-11-01 15:26:00 / Yangiliklar

O'tgan hafta davlatimiz rahbari IT park majmuasiga tashrif buyurib, Sun'iy intellekt sohasini rivojlantirish bo'yicha strategiyani belgilab berdilar.
Sun'iy intellekt sohasini rivojlantirishning eng muhim yo'nalishi etib - yoshlarimiz Sun'iy intellekt texnologiyalardan unumli foydalanishlari uchun bilim va ko'nikmalarini doimiy yaxshilab borish zarur ekanligini ta'kidladilar.
✅ Tashrif davomida “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgani hamda endilikda ushbu loyihaning mantiqiy davomi sifatida “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga ➡️ start berilishi e'lon qilindi.
💻 Endi, Sun'iy intellekt sohasida bepul ta'lim olish - aileaders.uz platformasi orqali amalga oshiriladi!
