Samarqand kashtachilik san’ati haqida bilasizmi?
2025-08-26 17:47:00 / Yangiliklar

Bugun Samarqand shahridagi Turizm akademiyasida shahar hokimligi, Oila va xotin qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi, Samarqand davlat pedagogika instituti, Respublika "Hunarmand" uyushmasi Samarqand viloyat boshqarmasi hamkorligida "Samarqand kashtachiligi ilmiy-amaliy maktabini rivojlantirish masalalari" ga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Unda Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Z. Rahmonova, Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Z. Saidova, Samarqand davlat pedagogika instituti olimalari G. Maxkamova, S. Kadirova, Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari R. Toshniyozovalar so‘zga chiqishib, ma’naviy merosimiz -Samarqand kashtachiligi tarixi, rivojlanishi va istiqbollari haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, tadbirda Samarqand shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi, Respublika
"Hunarmand" uyushmasi viloyat boshqarmasi, Samarqand davlat pedagogika instituti o‘rtasida Moddiy-madaniy, ma’naviy merosimizni asrash va kashtachilik, hunarmandchilikni rivojlantirish haqida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tadbirda amaliy san’at namunalaridan ko‘rgazma tashkil qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar Turizm akademiyasi kutubxonasi bilan ham tanishdi.









