Şukrona mahallasida aholi murojaatlari va hududdagi muammolar örganildi
2026-11-19 17:25:00 / Yangiliklar

Samarqand şahar hokimi Fazliddin Umarov fuqarolar murojaati yuzasidan Şukrona mahallasida böldi.
Fuqarolar bilan muloqot davomida mahalla infratuzilmasini yaxşilaş, kommunal sohaga oid mavjud muammolarni bartaraf etiş, bolalar öyingohlarini zamonaviylaştiriş hamda hududni obodonlaştiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, mahalla aholisi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etiş yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Şahar rahbari vazifalar ijrosini ta’minlaş, aholi murojaatlariga öz vaqtida munosabat bildiriş hamda hududdagi muammolarni joyida bartaraf etiş muhimligini ta’kidladi.


