SAMARQAND ŞAHRIDA KADRLAR BÖLIMI MUTAXASSISLARI UÇUN SEMINAR TAŞKIL ETILDI
2026-11-19 16:15:00 / Yangiliklar

Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-345-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 518-son qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida Samarqand şahridagi korxona va taşkilotlar kadrlar bölimi mutaxassislari uçun seminar-treninglar taşkil etildi.
Mehnat jamoalarida xavfsiz, soğlom va özaro hurmatga asoslangan muhitni şakllantiriş, mas’ul xodimlarning bilim va amaliy könikmalarini oşiriş maqsadida taşkil etilgan seminarda iştirokçilarga “Xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhiti” axborot portalining funksional imkoniyatlari, unga ma’lumotlarni kiritiş, tizimdan töğri va samarali foydalaniş hamda uni yuritiş tartibi böyiça batafsil tuşunçalar berildi.
Şuningdek, jamoalarda soğlom psixologik muhitni qaror toptiriş, xodimlar örtasida özaro hurmat va işonçni mustahkamlaş, tazyiq va zöravonlikning oldini oliş borasida mas’ullarning bilim va malakasini oşirişga alohida e’tibor qaratildi.
Bugun seminarda faol iştirok etib, belgilangan öquv dasturlarini muvaffaqiyatli özlaştirgan tinglovçilarga sertifikatlar topşirildi.


