🌳 SIYOBÇA KANALI BÖYIDA DARAXT KÖÇATLARI EKILDI
2026-11-19 14:25:00 / Yangiliklar

Samarqand şahrida «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekiş va hududlarni obodonlaştiriş tadbirlari davom etmoqda.
Bugun şaharning "Siyobça" kanali böyida taşkil etilgan navbatdagi köçat ekiş tadbirida şahar rahbari Fazliddin Umarov, şahar taşkilotlari vakillari, jamoatçilik faollari iştirok etdi.
Tadbir davomida hududdagi böş yer maydonlariga turli xil manzarali daraxt köçatlari ekildi. Ta’kidlaş joizki, loyiha doirasida Samarqand şahri böylab 400 mingdan ortiq köçat ekiş rejalaştirilgan.
Bunday xayrli işlardan közlangan maqsad şaharning yaşil hududlarini kengaytiriş, ekologik muhitni yaxşilaş va kelajak avlod uçun yanada soğlom hamda obod muhit yaratişdir.

