Samarqand shahar prokurori Baxtiyor Normatovning aholiga murojaatnomasi
2026-11-06 16:30:00 / Yangiliklar

Assalomu alaykum, aziz shahardoshlar hamda shahrimiz mehmonlari!
Sizlarga yaxshi ma’lumki Muhtaram Prezidentimizning rahbarligida mamalakatimizda barcha sohalarda ulkan isloxotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlarning tub mohiyati avvalo inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, halqimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Islohotlarning natijadorligini odamlarning tinch va osuda hayot kechirishini ta’minlashda huquq tartibot idoralarining zimmasida katta mas’uliyat borligini ham chuqur his qilamiz.
Shunga ko‘ra, Muhtaram Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha PQ-1, PQ-2-sonli va PQ-111-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, Siz azizlarni jinoyatlardan jabrlanib qolish ehtimolingizni oldini olish maqsadida tumanimizdagi kriminogen vaziyat yuzasidan mazkur murojaatimni yo‘llamoqdaman.
Nazorat tadbirlari davomida,PQ-1-sonli va
PQ-2-sonli Qarorlar ijrosini lozim darajada bajarmagan mutasaddi xodimlarning 3 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi hamda 17 nafariga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atildi.
Shu kabi, jinoyat sodir etishga moyil va jinoyatdan jabr ko‘rishi mumkin bo‘lgan shaxslar bilan ijtimoiy profilaktika ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi holati yuzasidan, 12 nafar mahalla “yettiligi” xodimlari intizomiy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi.
2026 yil 10 oyida, Samarqand shahrida 3 241 ta jinoyatlar (3 061) yoki 5,9 foizga ko‘paygan.
Jami jinoyatlarning:
1002 tasi (30,9 %) aniqlanadigan jinoyatlar;
1467 tasi (45,2 %) kiber jinoyatlarni tashkil etadi.
2026 yilda umumiy jinoyatlar (AKT jinoyatlardan tashqari) 16,7 % (1520/1774) ko‘paygan.
Jinoyat turlaridan:
- Nomusga tegish 20 foizga (10/12);
- o‘g‘rilik 1,5 foizga (265/269);
- Oilaviy zo‘rovonlik 15 foizga (20/23);
- Bosqinchilik 33,3 foizga (3/4);
- Bezorilik 77,8 foizga (27/48) oshgan.
- Talonchilik (13/13) kamaymagan.
- Qotillik 20 foizga (5/4);
- Og‘ir TJE 37,5 foizga (32/20);
- Firibgarlik 2,4 foizga (166/162);
- AMT olib qochish 42,9 foizga (7/4);
- yengil TJE 11,4 foizga (44/39);
- o‘rtacha og‘ir TJE 15,8 foizga (38/32);
- og‘ir tan jarohati yetkazish 39,3 foizga (28/17);
- yo‘l-transport hodisasi 44,4 foizga (126/70) kamaygan.
Shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar:
- mast holda 16,1 foizga (31/26);
- ayollar 9,1 foizga (44/40);
- guruhlar tomonidan 33,9 foizga (62/41);
- voyaga yetmaganlar 18,9 foizga (53/43);
- yoshlar 24 foizga (200/152);
- muqaddam sudlanganlar 38,5 foizga (52/32) kamaygan.
- ishsizlar (13/13) kamaymagan.
Shahardagi 197 ta mahallalardan 12 tasi “qizil”, 114 tasi “sariq” va 71 tasi “yashil” toifaga kiritilgan.
Qizil toifadagi mahallalar: Alisher Navoiy, Ko‘ksaroy, Kamoliddin Bexzod, Mir Said Baraka, Hamid Olimjon, Nafosat, Baxtli Hayot, Nurli yo‘l, Oqsaroy, Sayqal, Shodiyona, Qorasuv.
Eng ko‘p jinoyat Nurli yo‘l (19ta), Qorasuv (17ta),
A.Navoiy (14ta), Oqsaroy (12ta), Ko‘ksaroy va Shodiyona (11 ta)dan, Nafosat (10ta) mahallalarida sodir etilgan.
2026 yil 10 oyida 12 ta mahalla “Qizil” toifaga tushgan.
So‘nggi oylar davomida hududimizda o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘payganligi kuzatilmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday jinoyatlarning aksariyati fuqarolarning o‘z mulkiga nisbatan loqaydligi yoki e’tiborsizligi oqibatida sodir bo‘lmoqda.
Ba’zi fuqarolarimiz avtomashina saloniga qimmatbaho buyumlar va pullarni qoldirib ketishi, uy-joy, savdo shaxobchalari hamda omborxonalarda eshik-derazalar mustahkam bo‘lmaganligi, qo‘riqlash pultiga ulanmaganligi natijasida jinoyatchilar uchun qulay sharoit yuzaga keladi.
Shuni unutmang:
O‘g‘irlik jinoyati — bu oddiy huquqbuzarlik emas, og‘ir toifadagi jinoyat hisoblanadi.
Yana bir muhim masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman, bugungi kunda texnologiyalarning rivojlanishi hayotimizni qanchalik yengillashtirayotgan bo‘lsa, afsuski, jinoyatchilarning ham yangicha usullarda, ya’ni kompyuter va mobil qurilmalar orqali fuqarolarimizning mulkiga ko‘z olaytirishiga zamin yaratmoqda.
Hozirda axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan kiberjinoyatlar, ayniqsa, plastik kartalardagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilish holatlari eng dolzarb muammolardan biriga aylandi.
Achinarlisi shundaki, bunday tuzoqlarga ko‘pincha o‘zimizning soddaligimiz, raqamli xavfsizlik qoidalarini yetarlicha bilmasligimiz sabab bo‘lmoqda. Siz va yaqinlaringiz firibgarlar qurboniga aylanmasligingiz uchun quyidagi hayotiy xavfsizlik qoidalariga (qat’iy) amal qilishingizni so‘rayman:
1. SMS-kod — bu Sizning hamyoningiz kalitidir!
Bank kartasiga kelgan 5 xonali tasdiqlash kodini, login va parollarni hech kimga aytmang va yubormang. Shuni unutmangki, hech qaysi bank xodimi yoki ichki ishlar organi xodimi sizga qo‘ng‘iroq qilib, karta kodini so‘ramaydi. Agar kimdir o‘zini "bank xavfsizlik xizmatidanman, kartangiz bloklandi" deb qo‘ng‘iroq qilsa, suhbatni zudlik bilan to‘xtating.
2. Soxta havolalar tuzog‘iga tushmang
Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Telegram messenjerida tarqalayotgan "Prezident qarori bilan moddiy yordam berilyapti", "Arzonlashtirilgan yog‘ yoki un", "Pul yutuqli so‘rovnoma" kabi yolg‘on xabarlarga aslo ishonmang.
Bunday soxta havolalarga kirib, bank karta raqamingiz va Tezkor kodni kiritdingizmi — kartangizdagi oxirgi tiyingacha firibgarlar qo‘liga o‘tadi.
3. Onlayn xaridlarda hushyor bo‘ling
Olx, Uzum Avto yoki Telegram kanallari orqali mahsulot sotib olayotganda, tovarni ko‘rmasdan, uning haqiqiyligiga ishonch hosil qilmasdan turib, oldindan (predoplata) pul o‘tkazib bermang. Firibgarlar arzon narx bilan sizni shoshirib, pulingizni olgach, profillarini o‘chirib yuborishadi.
4. Ijtimoiy muhandislik va "Dipfeyk" (Sun’iy Intellekt) xavfi
Agar Telegram yoki boshqa tarmoqda yaqin tanishingiz, qarindoshingiz yoki rahbaringiz nomidan "Tez pul zarur bo‘lib qoldi, mana shu kartaga tashlab tur" degan xabar kelsa, hatto uning ovozi yozilgan audio xabar bo‘lsa ham, pul o‘tkazishga shoshilmang.
Hozirgi kunda sun’iy intellekt yordamida ovoz va videolarni soxtaashtirish (dipfeyk) juda osonlashgan. Darhol o‘sha insonning o‘ziga oddiy telefon tarmog‘i orqali qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni aniqlashtiring.
Muhim Eslatma: Sizning virtual dunyodagi xavfsizligingiz, eng avvalo, o‘z hushyorligingizga bog‘liq. Oson daromad va va’dalarga uchmang!
Buning uchun Telegram messenjerida kiberjinoyatlarga qarshi tezkor yordam ko‘rsatuvchi rasmiy Xavfsiz kibermakon botiga o‘zingizga tegishli bo‘lgan telegram guruh va kanallariga ulashingizni tavsiya qilaman.
Sizning tezkor murojaatingiz jinoyatni issiq izidan fosh etish va mablag‘laringizni saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega.
Hushyor bo‘ling, o‘z mulkingiz va oilangiz xotirjamligini asrang!
E’tiboringiz uchun rahmat!
