Samarqand shahrida “Mini texnologiyalar yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi
2026-10-30 15:40:00 / Yangiliklar

Shahrimizdagi Alisher Navoiy ko‘chasida Samarqand shahar hokimligi, Biznesni rivojlantirish banki hamda Aloqabank hamkorligida “Mini texnologiyalar yarmarkasi” tashkil etildi.
Unda Samarqand shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Hasan Ochilov ishtirok etib, yarmarkada yaratilgan imkoniyatlar va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga kichik biznesni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy uskuna va texnologiyalardan foydalanish, imtiyozli lizing xizmatlaridan bahramand bo‘lish hamda moliyaviy ko‘mak olish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan fuqarolarning savollariga javob berilib, amaliy maslahatlar taqdim etildi.



