Fuqarolar murojaatlari tinglanib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi
2026-10-30 13:30:00 / Yangiliklar

Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari Ra’no Toshniyozova hamda Xalq qabulxonasi bo‘limi mudiri o‘rinbosari Sodiqjon Toshnazarov ishtirokida fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Unda fuqarolar tomonidan moddiy yordam ajratish, aliment undirish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha tinglanib, ayrim masalalar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

