Samarqand shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Abdurasul Sulaymonovning murojaatnomasi
2026-10-07 10:00:00 / Yangiliklar

Assalomu alaykum, aziz shahardoshlar hamda shahrimiz mehmonlari!
Sizlarga yaxshi ma’lumki Muhtaram Prezidentimizning rahbarligida mamalakatimizda barcha sohalarda ulkan isloxotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlarning tub mohiyati avvalo inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, halqimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Islohotlarning natijadorligini odamlarning tinch va osuda hayot kechirishini ta’minlashda huquq tartibot idoralarining zimmasida katta mas’uliyat borligini ham chuqur his qilamiz.
Shunga ko‘ra, Muhtaram Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha PQ-1, PQ-2-sonli va PQ-111-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, Siz azizlarni jinoyatlardan jabrlanib qolish ehtimolingizni oldini olish maqsadida tumanimizdagi kriminogen vaziyat yuzasidan mazkur murojaatimni yo‘llamoqdaman.
2026 yil 9 oyida, Samarqand shahrida 2 295 ta jinoyatlar (1 502) sodir etilgan.
2026 yilda umumiy jinoyatlar 52,8 foizga (1502/2295) ko‘paygan.
Jami jinoyatlarning:
946 tasi (41,2 %) aniqlanadigan jinoyatlar;
654 tasi (28,5 %) kiber jinoyatlarni tashkil etadi.
2026 yilda umumiy jinoyatlar (AKT jinoyatlardan tashqari) 23,5 % (1329/1641) ko‘paygan.
Jinoyat turlaridan:
- bezorilik 82,6 foizga (23/42);
- o‘g‘irlik 4 foizga (248/258) oshgan.
- bosqinchilik (3/3) kamaymagan.
- firibgarlik 3,5 foizga (141/136);
- qotillik 20 foizga (5/4);
- yengil tan jarohati yetkazish 20,5 foizga (39/31);
- o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish 27,8 foizga (36/26);
- og‘ir tan jarohati yetkazish 39,3 foizga (28/17);
- yo‘l-transport hodisasi 40,6 foizga (106/63);
- transport vositasini olib qochish 50 foizga (6/3) kamaygan.
Shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar:
- mast holda 8,7 foizga (23/21);
- ayollar 15 foizga (40/34);
- ishsizlar 15,4 foizga (13/11);
- guruhlar tomonidan 29,4 foizga (51/36);
- voyaga yetmaganlar 32,6 foizga (46/31);
- yoshlar 33,2 foizga (184/123);
- muqaddam sudlanganlar 56 foizga (50/22) kamaygan.
Shahardagi 197 ta mahallalardan 15 tasi “qizil”, 102 tasi “sariq” va 80 tasi “yashil” toifaga kiritilgan.
Qizil toifadagi mahallalar: Alisher Navoiy, Ko‘ksaroy, Mingtut, Mir Said Baraka, Hamid Olimjon, Nafosat, Baxtli Hayot, Bog‘dod, Ziyolilar, Maysazor, Nurli yo‘l, Oqsaroy, Sayqal, Shodiyona, Qorasuv.
Eng ko‘p jinoyat Nurli yo‘l (22ta), Qorasuv (16ta),
A.Navoiy (14ta), Ko‘ksaroy (11 ta), Oqsaroy, Shodiyona, Nafosat (10ta) dan mahallalarida sodir etilgan.
Qidiruvdagi 617 nafar shaxslarning 382 nafari ushlanmasdan qolgan.
2026 yil 9 oyida “Qizil” toifaga tushgan mahallalar:
Alisher Navoiy, Ko‘ksaroy, Mingtut, Mir Said Baraka, Hamid Olimjon, Nafosat, Baxtli Hayot, Bog‘dod, Ziyolilar, Maysazor, Nurli yo‘l, Oqsaroy, Sayqal, Shodiyona, Qorasuv MFYlari.
1. A.Navoiy mahallasida oldi olinishi mumkin bo‘lgan: 14 ta (1 tadan yengil tan jarohati yetkazish, extiyotsizlik oqibatida odam o‘ldirish, 2 ta o‘rtacha og‘ir tan jaroxati yetkazish, 7 ta o‘g‘rilik)
2. Ko‘ksaroy mahallasida oldi olinishi mumkin bo‘lgan: 11 ta (1 tadan o‘rtacha og‘ir, yengil tan jarohati va oilaviy zo‘ravonlik, 9 ta o‘g‘irlik)
3. Mingtut mahallasida oldi olinishi mumkin bo‘lgan: 6 ta (1 ta o‘rtacha og‘ir, 4 ta o‘g‘irlik, 1 ta boshqa jinoyat)
4. Mir Said Baraka mahallasida oldi olinishi mumkin bo‘lgan: 7 ta (1 ta o‘rtacha og‘ir, 6 ta o‘g‘irlik)
5. H.Olimjon mahallasida oldi olinishi mumkin bo‘lgan: 2 ta (1 tadan qotillik, o‘g‘irlik)
6. Nafosat mahallasida oldi olinishi mumkin bo‘lgan: 14 ta (1 tadan og‘ir tan jaroxati yetkazish, bosqinchilik, oilaviy zo‘ravonlik, 7 ta o‘g‘rilik)
7. Baxli Hayot mahallasida oldi olinishi mumkin bo‘lgan: 7 ta (1 tadan og‘ir tan jaroxati yetkazish, yengil tan jarohati yetkazish, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, 4 ta o‘g‘rilik)
8. Ziyolilar mahallasida oldi olinishi mumkin bo‘lgan: 4 ta (4 ta o‘g‘rilik)
9. Maysazor mahallasida oldi olinishi mumkin bo‘lgan: 4 ta (4 ta o‘g‘rilik)
10. Nurli yo‘l mahallasida oldi olinishi mumkin bo‘lgan: 22 ta (1 tadan o‘rtacha og‘ir tan jaroxati yetkazish, nomusga tegish, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, 2 ta yengil tan jaroxati yetkazio‘, 17 ta o‘g‘rilik)
11. Oqsaroy mahallasida oldi olinishi mumkin bo‘lgan: 10 ta (9 ta o‘g‘rilik, 1 ta boshqa)
12. Sayqal mahallasida oldi olinishi mumkin bo‘lgan: 6 ta (1 tadan og‘ir tan jaroxati yetkazish, nomusga tegish, haqorat qilish, 3 ta o‘g‘rilik, 1ta boshqa)
13. Sayqal mahallasida oldi olinishi mumkin bo‘lgan: 6 ta (1 tadan og‘ir tan jaroxati yetkazish, nomusga tegish, haqorat qilish, 3 ta o‘g‘rilik)
14. Shodiyona mahallasida oldi olinishi mumkin bo‘lgan: 10 ta (1 ta yengil tan jaroxati yetkazish, 8 ta o‘g‘rilik, 1 ta boshqa)
15. Qorasuv mahallasida oldi olinishi mumkin bo‘lgan: 16 ta (1 tadan og‘ir tan jarohati yetkazish, o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish, oilaviy zo‘ravonlik, 2 ta nomusga tegish, 3 ta yengil tan jaroxati yetkazish, 4 ta o‘g‘rilik, 4 ta boshqa)
So‘nggi oylar davomida hududimizda o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘payganligi kuzatilmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday jinoyatlarning aksariyati fuqarolarning o‘z mulkiga nisbatan loqaydligi yoki e’tiborsizligi oqibatida sodir bo‘lmoqda.
Ba’zi fuqarolarimiz avtomashina saloniga qimmatbaho buyumlar va pullarni qoldirib ketishi, uy-joy, savdo shaxobchalari hamda omborxonalarda eshik-derazalar mustahkam bo‘lmaganligi, qo‘riqlash pultiga ulanmaganligi natijasida jinoyatchilar uchun qulay sharoit yuzaga keladi.
Shuni unutmang:
O‘g‘irlik jinoyati — bu oddiy huquqbuzarlik emas, og‘ir toifadagi jinoyat hisoblanadi.
Yana bir muhim masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman, bugungi kunda texnologiyalarning rivojlanishi hayotimizni qanchalik yengillashtirayotgan bo‘lsa, afsuski, jinoyatchilarning ham yangicha usullarda, ya’ni kompyuter va mobil qurilmalar orqali fuqarolarimizning mulkiga ko‘z olaytirishiga zamin yaratmoqda.
Hozirda axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan kiberjinoyatlar, ayniqsa, plastik kartalardagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilish holatlari eng dolzarb muammolardan biriga aylandi.
Achinarlisi shundaki, bunday tuzoqlarga ko‘pincha o‘zimizning soddaligimiz, raqamli xavfsizlik qoidalarini yetarlicha bilmasligimiz sabab bo‘lmoqda. Siz va yaqinlaringiz firibgarlar qurboniga aylanmasligingiz uchun quyidagi hayotiy xavfsizlik qoidalariga (qat’iy) amal qilishingizni so‘rayman:
1. SMS-kod — bu Sizning hamyoningiz kalitidir!
Bank kartasiga kelgan 5 xonali tasdiqlash kodini, login va parollarni hech kimga aytmang va yubormang. Shuni unutmangki, hech qaysi bank xodimi yoki ichki ishlar organi xodimi sizga qo‘ng‘iroq qilib, karta kodini so‘ramaydi. Agar kimdir o‘zini "bank xavfsizlik xizmatidanman, kartangiz bloklandi" deb qo‘ng‘iroq qilsa, suhbatni zudlik bilan to‘xtating.
2. Soxta havolalar tuzog‘iga tushmang
Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Telegram messenjerida tarqalayotgan "Prezident qarori bilan moddiy yordam berilyapti", "Arzonlashtirilgan yog‘ yoki un", "Pul yutuqli so‘rovnoma" kabi yolg‘on xabarlarga aslo ishonmang.
Bunday soxta havolalarga kirib, bank karta raqamingiz va Tezkor kodni kiritdingizmi — kartangizdagi oxirgi tiyingacha firibgarlar qo‘liga o‘tadi.
3. Onlayn xaridlarda hushyor bo‘ling
Olx, Uzum Avto yoki Telegram kanallari orqali mahsulot sotib olayotganda, tovarni ko‘rmasdan, uning haqiqiyligiga ishonch hosil qilmasdan turib, oldindan (predoplata) pul o‘tkazib bermang. Firibgarlar arzon narx bilan sizni shoshirib, pulingizni olgach, profillarini o‘chirib yuborishadi.
4. Ijtimoiy muhandislik va "Dipfeyk" (Sun’iy Intellekt) xavfi
Agar Telegram yoki boshqa tarmoqda yaqin tanishingiz, qarindoshingiz yoki rahbaringiz nomidan "Tez pul zarur bo‘lib qoldi, mana shu kartaga tashlab tur" degan xabar kelsa, hatto uning ovozi yozilgan audio xabar bo‘lsa ham, pul o‘tkazishga shoshilmang.
Hozirgi kunda sun’iy intellekt yordamida ovoz va videolarni soxtaashtirish (dipfeyk) juda osonlashgan. Darhol o‘sha insonning o‘ziga oddiy telefon tarmog‘i orqali qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni aniqlashtiring.
Muhim Eslatma: Sizning virtual dunyodagi xavfsizligingiz, eng avvalo, o‘z hushyorligingizga bog‘liq. Oson daromad va va’dalarga uchmang!
Buning uchun Telegram messenjerida kiberjinoyatlarga qarshi tezkor yordam ko‘rsatuvchi rasmiy Xavfsiz kibermakon botiga o‘zingizga tegishli bo‘lgan telegram guruh va kanallariga ulashingizni tavsiya qilaman.
Sizning tezkor murojaatingiz jinoyatni issiq izidan fosh etish va mablag‘laringizni saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega.
Hushyor bo‘ling, o‘z mulkingiz va oilangiz xotirjamligini asrang!
