Yosh o‘qituvchining tashabbusi e’tiborsiz qolmadi
2026-09-28 18:35:00 / Yangiliklar

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovning yoshlar bilan muloqotida 51-sonli umumta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi Marjona Ibodullayeva iqtidorli o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlash uchun sharoit yaratish bo‘yicha murojaat qilgan edi.
Murojaat yuzasidan shahar hokimi maktabga borib, masalani joyida o‘rgandi. O‘qituvchining tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida unga alohida xona ajratilib, kompyuter jamlanmasi topshirildi.
Shahar rahbari yosh o‘qituvchining tashabbuslari doimo qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.


