Fuqarolar murojaati e’tiborda
2026-09-22 12:20:00 / Yangiliklar

Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari Firuz Najmiddinov hamda Shahar Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri o‘rinbosari Sodiqjon Toshnazarov ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi.
Unda fuqarolar tomonidan uy-joy bilan ta’minlash, kommunal xizmatlar sifati, ijtimoiy yordam ajratish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaatlarning bir qismi joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar esa tegishli tartibda nazoratga olinib, mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

