Samarqand — dunyoning turizm darvozasi
2026-09-07 15:30:00 / Yangiliklar

Samarqand shahrini “Dunyoning turizm darvozasi”ga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil islohotlar o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
📈 2025-yilda Samarqand shahriga 3 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2026-yilning dastlabki 8 oyida bu ko‘rsatkich 3,5 million nafardan oshdi. Shu davrda shaharga 5 million nafarga yaqin mahalliy sayyoh ham tashrif buyurdi.
Shuningdek, “Siyob” dehqon bozorining tungi rejimga o‘tkazilishi natijasida kuniga o‘rtacha 10 ming nafar mehmon tashrif buyuryapti va bozorda kunlik savdo aylanmasi 165 ming AQSH dollariga yetmoqda.
Bu ko‘rsatkichlar Samarqandning xalqaro turizm markazi sifatidagi nufuzi tobora yuksalib borayotganidan dalolat beradi.
