Ikki ko‘chada transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi
2026-08-10 23:00:00 / Yangiliklar

Samarqand shahridagi Mustaqillik, Pushkin va Mironshoh ko‘chalarini zarur infratuzilma bilan ta’minlash maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan ertaga, 11-avgustdan boshlab, qurilish ishlari yakunlangunga qadar quyidagi ko‘chalarning ayrim qismlarida avtotransport vositalari harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi:
📍 Pushkin ko‘chasi — Mironshoh ko‘chasi kesishmasidan Mustaqillik ko‘chasi tutashmasigacha;
📍 Mustaqillik ko‘chasi — Husayn Boyqaro ko‘chasi kesishmasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi tutashmasigacha;
Haydovchilardan vaqtinchalik yo‘l belgilariga amal qilish va imkoniyatdan kelib chiqib, muqobil yo‘nalishlardan foydalanishlari so‘raladi.
