Shahar rahbari yoshlar bilan muloqot qildi
2026-07-30 18:40:00 / Yangiliklar

Haftaning har payshanba kuni "Yoshlar kuni" doirasida yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Navbatdagi uchrashuvda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov turli toifadagi yoshlar bilan samimiy suhbat qildi. Muloqot davomida yoshlarning ta'lim olishi, bandligini ta'minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorini ro‘yobga chiqarishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha muhokama qilinib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha masʼullarga aniq vazifalar belgilab berildi.


