“Hokim kubogi” – kamondan o‘q otish musobaqasi o‘tkazildi
2026-07-28 14:55:00 / Yangiliklar

“Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Samarqand shahrida yoshlar o‘rtasida sportning kamondan o‘q otish turi bo‘yicha “Hokim kubogi” ochiq shahar birinchiligi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularning mahoratini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining aniqligi, mahorati va kuchli tayyorgarligini namoyish etishdi. G‘olib va sovrindorlar Samarqand shahar hokimligi tomonidan munosib taqdirlandi.


