AYRIM HUDUDLARDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI
2026-07-26 12:55:00 / Yangiliklar
«Samarqandshahargaz» gaz ta’minoti bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish maqsadida 2026-yil 27-iyul kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha Samarqand-2 GTSdan keluvchi yuqori bosimli gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan quyidagi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:
Chorbog‘
Darg‘om
Nurafshon
Madaniyat
Nurli kelajak
Shukrona
Chilquduq
Navro‘z
Yoshlik
Fuqarolardan ushbu vaqt oralig‘ida tabiiy gaz jumraklarini burab qo‘yishlari va ehtiyotkorlikka rioya qilishlari so‘raladi.

