Samarqand shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning stritbol turi boʻyicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
2026-07-25 20:00:00 / Yangiliklar
Bugun Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida stritbol boʻyicha 16-21, 22-30 yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida Samarqand viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatdagi barcha shahar va tuman bosqichlarida g‘olib jamoalar ishtirok etib, g‘oliblik uchun bellashdi va yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lgan musobaqa yakunida g‘olib jamoalar diplom va sport formalari bilan taqdirlandi.
Musobaqa g‘olibi bo'lgan jamoalar respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishdi.






