Hofiz Sheroziy mahallasini obodonlashtirish loyihasi muhokama qilindi
2026-07-21 08:00:00 / Yangiliklar

Samarqand shahar rahbari Fazliddin Umarov Hofiz Sheroziy mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud muammolarni joyida o‘rganib, aholi bilan muloqot qilgani haqida xabar qilgandek.
Bugun esa belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida mahallani kompleks obodonlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha muhokama qilindi. Unda hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish, yashil hududlarni kengaytirish, zamonaviy yoritish tizimlarini o‘rnatish, bolalar maydonchalari va jamoat maskanlarini obodonlashtirish, shuningdek, infratuzilmani yanada yaxshilashga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.
Shahar rahbari loyihaning har bir yo‘nalishi aholi manfaatidan kelib chiqib amalga oshirilishi lozimligini ta’kidlab, mas’ullarga ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.


