Ta’lim muassasalarida yong‘in xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
2026-07-20 21:10:00 / Yangiliklar

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov ishtirokida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli ta’lim muassasalarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumta’lim maktablari rahbarlari va masʼullar ishtirok etgan yig‘ilishda noxush hodisalarning oldini olish, ta’lim muassasalarida yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish, elektr tarmoqlari va isitish tizimlarining soz holatini doimiy nazorat qilish masalasiga to‘xtalindi.
Shuningdek, taʼlim muassasalari rahbarlariga yong‘in xavfsizligi qoidalariga mas’uliyat bilan yondashish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.


