Yoshlar bilan ochiq muloqot – muammo va takliflar yechim sari
2026-07-20 17:50:00 / Yangiliklar

Samarqand shahri 2-sektor rahbari tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda yoshlarning taklif, muammo va tashabbuslari atroflicha tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlar bilan ham alohida suhbat o‘tkazilib, ularning faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



