Og‘ir toifadagi yoshlar bilan ochiq muloqot
2026-07-20 11:40:00 / Yangiliklar

Ayni paytda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovning og‘ir toifadagi yoshlar bilan ochiq muloqoti o‘tkazilib, yoshlarning muammolari, taklif va murojaatlari tinglanmoqda.
Muloqot davomida yoshlarga huquqiy bilimlarni oshirish, qonunlarga hurmat ruhida yashash, kasb-hunar egallash, bandligini ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalari yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berilyapti.
Shuningdek, yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va mehnat bilan bandligini ta’minlash hamda ular bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinmoqda.



