Samarqand shahar hokimi xalqaro hamkorlar bilan uchrashdi
2026-07-04 12:05:00 / Yangiliklar

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov “O‘zbekkosmos” agentligi direktori Shuxrat Kadirov hamda geoaxborot texnologiyalari sohasida dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri — ESRI kompaniyasining mintaqaviy biznesni rivojlantirish menejeri Ahmed Avadi bilan uchrashdi.
Unda Samarqand shahrida geoaxborot texnologiyalari (GIS), masofadan zondlash va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan samarali foydalanish, shahar infratuzilmasini raqamlashtirish, hududlarni boshqarish, investitsiya loyihalarini rejalashtirish hamda zamonaviy fazoviy tahlil yechimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar raqamli texnologiyalar asosida shahar boshqaruvi samaradorligini oshirish, davlat organlari faoliyatida innovatsion GIS platformalaridan foydalanish, mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.



