Yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar
2026-07-02 15:25:00 / Yangiliklar

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi.
Unda Yoshlar ishlari agentligi Samarqand shahar bo‘limi rahbari Sardor O‘roqov tomonidan yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, tizim faoliyatini takomillashtirish hamda kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan taqdimot taqdim etildi.
Yig‘ilishda joriy yilning dastlabki olti oyi davomida yoshlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlash tizimiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.


