Shahar hokimining yoshlarga tabrigi
2026-06-30 16:15:00 / Yangiliklar

Aziz va shijoatli yoshlar!
Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Yurtimizning buguni va ertasi hamda Vatanimiz taraqqiyoti avvalo, bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar qo‘lidadir.
Mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, sport va madaniyat sohalarida o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.
Samarqand shahrida ham yoshlarning orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va tashabbuslarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, yurtimiz kelajagi sizlarning bilimingiz, g‘ayratingiz va ezgu maqsadlaringiz bilan yanada porloq bo‘ladi.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, oilaviy xotirjamlik, o‘qish va mehnat faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilayman.
Yoshlar kuni barchangizga muborak bo‘lsin!
Fazliddin Umarov,
Samarqand shahar hokimi.
