📢 Samarqand shahrida yashovchi aholi va mehmonlar diqqatiga!
2026-06-23 11:30:00 / Yangiliklar

💡 Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokidagi “Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yoʻl tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida “Choʻpon-ota” va “Mulyon” suv inshootlarida rekonstruksiya qilingan uskuna hamda tizimlarni ishga tushirish maqsadida:
🗓 2026-yil 23-iyun kuni
⏰ soat 20:00 dan
🗓 2026-yil 25-iyun kuni
⏰ soat 20:00 gacha
quyidagi hududlarda ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:
📍 Trikotaj fabrikasi atrofi:
Qoʻshtamgʻali, Joʻyisoy, Konigil, Qoziariq, Davlatshoh Samarqandiy, Ogahiy, Sharq tongi, Sarbadorlar, Shahribod, Qoʻshbaqqoli, Sarbon, Ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Fidoyilar.
📍 Registon hududi:
Bogʻi Feruza, Yominiy, Zominiy, Urgutiy, Registon, Sharq, Dari Zanjir, Imomi Vosey, Xoʻja Zudmurod, Dahbediy, Xalqobod, Eski Qalandarxona, Kulollar, Qoʻshhovuz, Koʻk Masjid, Ibrohim xoʻja, Soʻzangaron, Ustozlar.
📍 Sadriddin Ayniy koʻchasi atrofi:
Charmgari, Xoʻja Abdudorun, Rajabamin, Bogʻi Safed, Sadriddin Ayniy, Muliyon, Muliyon Poyon, Gʻafur Gʻulom, Qoʻshchinor, Chashma, Abdulla Qahhor, Xoʻja Ahror Valiy, Namozgoh.
📍 Ulugʻbek rasadxonasi hududi:
Gala Osiyo, Bogʻibaland, Bogʻimaydon, Xoʻja Diniyor, Qir, Zarafshon, Geologiya, Chilstun, Yuksalish, Joyichuqur, Rasadxona, Qoʻrgʻoncha.
📍 Gulobod koʻchasi atrofi:
Birdamlik, Qovola, Bogʻi Mirzo, Furqat, Bunyodkor, Maroqand, Devori Koʻndalang, Dukchiyon, Masjidi Qoʻngʻiroqdor, Ahmad Yassaviy, Lolazor, Mirzo Ulugʻbek, Navbogʻchiyon, Koʻl, Boʻston, Bekxo, Tadbirkorlar, Hamid Olimjon.
📍 Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi atrofi:
Ilgʻor, Beshchinor, Bahor, Tojmahal, Zulfiya, Istiqlol, Tokzor, Semurgʻ, Ilmobod, Damariq, Al-Xorazmiy, Terakzor, Qarshi yoʻli, Beklar, Nayman.
📍 Sartepo massivi:
Sattapo, Yangi Qoʻrgʻon, Guliston, Zargartepa, Botir Zokirov, Hofiz Sheroziy, Saʼdiy Sheroziy, Xoʻjasoat, Quyi Xoʻjasoat.
📍 Sugʻdiyona hududi:
Sugʻdiyona, Maʼshal, Al-Buxoriy, Nodirabegim, Uvaysiy.
📍 Amir Temur koʻchasi atrofi:
Amir Temur, Oʻrikzor, A. Avloniy, Shodlik, Marhabo, Mirzo Bedil, Saxovat.
📍 Shahar markazi hududi:
Lohutiy, Anhor, Birlik, Mustaqillik, Alisher Navoiy, Navbahor, Gulbahor, Sevali ota, Oʻzbekiston, Oq Saroy, Motrid, Koʻk Saroy, Yangi Xayrabod, Gʻiyosiddin Jamshid, Mir Said Baraka hamda ushbu mahalla va koʻchalarga tutash hududlarda ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
“Samarqand suv taʼminoti” AJ Samarqand shahar filiali yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraydi hamda aholi, tashkilot va muassasalardan ichimlik suvini oldindan zaxiralab qoʻyishlarini soʻraydi.
Shuningdek, suv taʼminoti uzilgan hududlarga maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Murojaat uchun: 55-707-18-21
