Aholi murojaatlari tinglandi
2026-06-22 17:10:00 / Yangiliklar

Samarqand shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Hasan Ochilov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi.
Ochiq va samimiy muloqot ruhida tashkil etilgan qabul davomida fuqarolar oʻzlarini qiynayotgan masala va muammolar yuzasidan murojaat qilishdi. Xususan, davolanish uchun amaliy yordam koʻrsatish, yangi uy-joylarni qabul qilish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, shuningdek, kommunal soha bilan bogʻliq masalalar koʻtarildi.
Qabul davomida har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, tegishli mutasaddilarga ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan masalalar esa nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan masʼul tashkilotlarga tegishli vazifalar yuklatildi.


