Yosh g‘oliblar tantanali kutib olindi
2026-06-22 14:50:00 / Yangiliklar

Poytaxtda o‘tkazilgan “Turon” maktab teatri hamda “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining Respublika bosqichida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Samarqand viloyati jamoalari Samarqand temiryo‘l vokzalida kutib olindi.
Jumladan, shahardagi 80-son umumta’lim maktabining “Turon” jamoasi hamda Kattaqo‘rg‘on shahridagi 14-son umumta’lim maktabining “Navo” jamoasi erishgan natijalari bilan viloyat jamoatchiligi tomonidan e’tirof etildi.
Kutib olish marosimida yoshlar ulkan g‘alaba bilan samimiy tabriklandi va ularning kelgusidagi ta’lim va ijodiy faoliyatlariga katta muvaffaqiyatlar tilandi.
Ta’kidlash joizki, tanlovlarning Respublika bosqichida mutlaq g‘olib deb topilgan har ikki jamoa xorijga ta’limiy sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


