Samarqand shahri o‘quvchilari respublika g‘olibi bo‘ldi
2026-06-21 07:50:00 / Yangiliklar

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Turon” maktab teatri tanlovining Respublika bosqichi yakunlandi.
Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, Samarqand shahridagi 80-son umumta’lim maktabining “Turon” jamoasi yuksak mahorat, sahna madaniyati va ijodiy chiqishlari bilan barcha ishtirokchilar orasida munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur yutuq iste’dodli yoshlarning tinimsiz izlanishlari, ijodiy salohiyati hamda ustozlarning fidokorona mehnati samarasidir.
Jamoa a’zolari, ularning ota-onalari va ustozlarini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etgan holda kelgusi faoliyatlarida yangi zafarlar tilaymiz.


