TIIF–2026: Samarqand shahrida yirik investisiya loyihalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi
2026-06-18 06:35:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda o‘tayotgan beshinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov Janubiy Koreyaning Youngone Corporation kompaniyasi prezidenti Jayeyoung Park boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Muloqot davomida Samarqand shahrida amalga oshirilayotgan yirik investisiya loyihalarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, “EL-MEROSI HOTEL” hamda “SAMARKAND APPAREL” loyihalarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda zamonaviy yuqori texnologik to‘quv va bo‘yash quvvatlarini yaratish, jahonning mashhur brendlari uchun tayyor mahsulotlar eksportini oshirish, shuningdek, xodimlar uchun turar joylar hamda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi mehmonxona va yotoqxona komplekslarini barpo etish istiqbollari muhokama qilindi. Mazkur loyihalarning Samarqand shahri sanoati va turizm salohiyatini yanada yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda xorijiy investisiyalar hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish va yangi investisiya tashabbuslarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


