Albaniya Prezidenti Samarqandga keldi
2026-06-16 16:50:00 / Yangiliklar

rezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan yurtimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay Ko‘ksaroy qarorgohidagi oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng Samarqandga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov hamrohligida qadimiy va hamisha navqiron kentga kelgan yuksak martabali mehmonni Samarqand temir yo‘l vokzalida viloyat rasmiylari kutib oldi.
Albaniya Prezidenti Samarqand bilan tanishuvni ziyoratdan boshlash uchun Imom Buxoriy majmuasiga yo‘l oldi. Tashrif doirasida mehmonlar Samarqanddagi boshqa tarixiy obidalar bilan ham tanishadilar.


