Logistika sohasida xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda
2026-05-22 10:55:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda Samarqand shahrida bo‘lib turgan Litva Respublikasining yirik logistika kompaniyalaridan biri — TVG Group kompaniyasi asoschisi Albertas Sitavisius boshchiligidagi delegatsiya bilan Samarqand shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Hasan Ochilov uchrashuv o‘tkazdi.
Unda logistika infratuzilmasini rivojlantirish, yuk tashish tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy logistika xizmatlarini joriy etish hamda investitsion hamkorlik istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, Samarqandning tranzit va logistika salohiyati, hududda amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalari hamda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, xalqaro tajribani jalb etish hamda logistika sohasida zamonaviy yechimlarni tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.


