Samarqand va Ganja shaharlari o‘rtasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
2026-05-20 20:45:00 / Yangiliklar

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovning Ozarbayjon Respublikasi Ganja shahri ijro hokimiyati rahbari Niyozi Bayramov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki shahar o‘rtasida iqtisodiyot, turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport, yoshlar siyosati va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida o‘zaro aloqalarni kengaytirishga kelishib oldilar.
Mazkur hamkorlik ikki xalq o‘rtasidagi birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

