Samarqand shahri xalqaro shaharsozlik forumida ishtirok etmoqda
2026-05-20 17:05:00 / Yangiliklar

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilayotgan Butunjahon shaharsozlik forumining 13-sessiyasi (WUF13) doirasida Samarqand shahri delegatsiyasi ham xalqaro muloqot va tajriba almashuv jarayonlarida ishtirok etmoqda.
Xususan, Samarqand shahar xokimi Fazliddin Umarov “SPECA Shaharlar forumi: Inklyuziv va bardoshli shahar kelajagi uchun uy-joy yechimlari” mavzusidagi xalqaro tadbirda ishtirok etyapti.
Mazkur forumda shaharlarning barqaror rivojlanishi, iqlim o‘zgarishlariga moslashgan infratuzilma, aholi uchun qulay va zamonaviy uy-joy yechimlari hamda shaharlararo hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Ta’kidlash joizki, WUF13 forumi dunyo shaharlarining barqaror va inklyuziv rivojlanishi bo‘yicha eng nufuzli xalqaro maydonlardan biri hisoblanadi.

