Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
2026-05-14 15:45:00 / Yangiliklar

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov Germaniya Bundestagi a’zosi, yosh deputat Yohannes Folkmann boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Muloqot davomida O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, innovasion faoliyati va jamiyatdagi faolligini oshirish, "Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlar siyosati yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


