Samarqand shahar prokurori o'rinbosarining aholiga yo'llagan murojaatnomasi
2026-05-12 16:20:00 / Yangiliklar

Taraqqiyotimizning yangi bosqichida aholining osoyishta hayotini, butun mamlakatda xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Zotan, osoyishtalik ta’minlangan, inson emin-erkin, bexavotir yashaydigan yurt dunyo ahli uchun jozibador bo‘ladi.
Pirovardida bunday davlat sarmoyadorlar, jumladan xorijiy ivestorlar va shahrimizga kelayotgan turslarning ham eng ishonchli maskaniga aylanadi.
Shu tariqa xalqaro maydonda mamlakatimizning ijobiy qiyofasi shakllanadi, imidji oshadi. Buning zamirida esa, jozibador investisiviy muhit yuzaga keladi.
Rivojlangan dunyo davlatlari tajribasi ko‘rsatganidek, bunga erishish uchun avvalo, jinoyatchilikni jilovlash taqozo etiladi.
Shu bois, Davlat rahbarining tashabbuslari asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha ulkan islohotlar amalga oshirildi.
Jumladan, bu borada 30 dan ortiq qonun va 300 ga yaqin Hukumat qarorlar qabul qilindi.
Prokuratura, ichki ishlar organlari, sudlar hamda boshqa tuzilmalarda qator tashkiliy choralar amalga oshirildi, kriminogen vaziyatni tahlil qilish va jinoyatchilik dinamikasini bashorat qilishning mutlaqo yangi mexanizmi yaratildi.
Shuningdek, jinoyatlarning sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni kriminogen vaziyatdan kelib chiqib toifalash tizimi ishlab chiqildi, “mahalla yettiligi” instituti joriy etilib, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunda jinoyatlarning faqat oqibatlarini emas, ularning sabablarini, huquqbuzarliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishni ustuvor vazifa sifatida oldimizga qo‘yildi.
Ushbu yo‘nalishda Siz tomoningizdan 03.01.2025 yilda “2025 yilda Respublika mahallarlarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son, 18.03.2025 yilda qabul qilingan PQ–111-son hamda 18.08.2025 yilda qabul qilinga PQ–253-son Qarorlar bilan jinoyatlarning barvaqt oldini olish tizimi ustidan nazoratni ta’minlash borasida aniq topshiriqlar berildi.
Mazkur qarorlar ijrosini ta’minlash davomida mahallalarimizda kriminogen ahvol yaxshilanmoqda, yurtimizning xalqaro maydondagi obro‘si, xalqimizning davlatga bo‘lgan ishonchi oshmoqda.
Xususan, qarorlar ijrosi doirasida joriy yilning I-choragida shahar mahallalaridagi aholi gavjum joylar va ko‘chalariga 99 ta videokuzatuv kameralari, ko‘p qavatli uylarning hovlilariga 40 ta PTZ kameralari, mahallalarning asosiy kirish-chiqish joylariga yuzni va avtoraqamlarni tanib oluvchi 100 ta kameralar, shahardagi savdo markazlari va bozorlarga 8 ta yuzni va avtoraqamlarni tanib oluvchi kameralar, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining kirish-chiqish joylariga 14 ta PTZ kameralari, ko‘p qavatli uylarning eshiklariga 316 ta zamonaviy domofon komplekslari o‘rnatildi.
Shu kabi, joylarda 30 ta “Namunaviy xavfsiz ko‘cha”lar va 50 ta “Namunaviy xavfsiz yo‘lak”lar tashkil etildi.
Samarqand shaxrida 4 ta huquq tartibot maskanlari (Bog‘isaroy, Mustaqillik, Rudakiy va Obod maskan mahallalari hududida) tashkil etildi.
“Qizil toifa”ga kiritilgan mahallani “qizil mahalla” toifasidan “sariq” yoki “yashil” toifasiga o‘tkazganligi uchun ushbu mahallada faoliyat yuritayotgan “Mahalla yettiligi” har chorak yakuni bilan rag‘batlantirish mexanizmi ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.
Amalga oshirilgan choralar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida o‘tgan davrda 138 ta mahallalarda jinoyatlar sodir etilmadi.
Ezgu niyatlar bilan tashkil etilgan “ijtimoiy profilaktika” tizimini amalga oshirish mexanizmlari aniq belgilab berilgan, mahallada “yettilik vakillari” masalaning ichiga kirganligi oqibatida ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Xususan, joriy yilda 8 380 nafar shaxslar bo‘yicha “yettilik” vakillariga xulosalar taqdim etilgan bo‘lib, o‘rganishlarda ularning 48 foizi yoki 4 730 nafari bilan “ijtimoiy profilaktika” tadbirlar amalga oshirildi.
Natijada, yoshlar jinoyatlari 16,7 foiz yoki 7 taga (2025 yilda 42 ta, 2026 yilda 35 ta), ishlamaydiganlar jinoyatlari 50 foiz yoki 3 taga (2025 yilda 6 ta, 2026 yilda 3 ta)ga keskin kamaydi.
Bu esa, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida har bir mahallada muammolarni joyida aniqlab, kompleks yondashuv asosida hal etish mexanizmlari davom ettirish zarurati mavjudligini taqozo etmoqda.
Qisqa qilib aytganda, nafaqat huquq – tartibot sohasi xodimlari, balki har bir oddiy fuqaroda ham huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, osoyishta hayotni ta’minlashga daxldorlik hissini uyg‘otishga qaratilgan tarixiy qadamlar tashlandi.
Bundan ko‘zlangan yagona maqsad – aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatimizdagi mavjud xato va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etib, Siz tomoningizdan oldimizga qo‘ygan vazifalarni samarali ro‘yobga chiqarishdir.
Samarqand shahar prokurori o'rinbosari Farrux Doniyorov
