“SOGʻLOM OILA — JAMIYAT BARQARORLIGI VA XAVFSIZLIGINING MUSTAHKAM TAYANCHI”
2026-05-11 14:15:00 / Yangiliklar

15 may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida oilaning jamiyat hayotidagi o‘rni, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi hamda oilaviy nizolarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan tahliliy ma’ruza tashkil etildi.
Tadbirda sog‘lom oila muhiti — tinchlik va xavfsizlikning asosiy omili ekani, ichki ishlar organlari xodimlari nafaqat huquq-tartibot posboni, balki namunaviy ota-ona va jamiyat tarbiyachisi sifatida ham katta mas’uliyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, ajrimlarni kamaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.


