Vaqtga bog‘langan tariflar miqdori
2026-05-04 22:10:00 / Yangiliklar

Samarqand shahrida jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lashda vaqtga bog‘langan tariflar bilan tanishing!
💳 Yo‘lovchilar ATTO transport kartalaridan foydalanganda bir soat ichida birinchi avtobusda 2000 so‘m, ikkinchi avtobusdan foydalansa, yo‘l haqi uchun 1000 so‘m to‘laydi. Bir soat davomida yo‘lovchilarning avtobusdan uchinchi va to‘rtinchi marotaba maʼlum bir manzilga harakatlanishi esa mutlaqo bepul bo‘ladi.
Eslatma: mazkur vaqtga bog‘langan tarif bir yo‘lovchiga mo‘ljallanganligi sababli ATTO transport kartasi bilan yo‘lovchi yo‘lkira haqini faqatgina o‘zi uchun to‘lay oladi.
