“Shijoat va g‘ayrat” — mardlik va matonat sinovi
2026-05-01 13:05:00 / Yangiliklar

“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining Samarqand shahar bosqichi tadbirlarida Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari Farhod Nishonov ishtirok etdi.
Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy va harbiy-amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan.
Ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik, harbiy-amaliy mashqlar, tezkorlik estafetasi va jamoaviy topshiriqlar bo‘yicha bellashib, o‘z kuchi, chidamliligi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etmoqda.


