O‘quvchi-yoshlardan maxsus talablar asosida sport sinovlari qabul qilinmoqda
2026-04-30 19:00:00 / Yangiliklar

Samarqand shahridagi 24-umumtaʼlim maktabida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi”ni baholash bo‘yicha sport sinovlari o‘tkazildi.
Dastur doirasida umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari sport normativlarini maxsus talablar asosida topshirdilar.
Asosiy maqsad o‘quvchi-yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda muntazam sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqish va rag‘batni kuchaytirishdan iboratdir.


