Yoshlarning taklif va muammolari tinglandi
2026-04-30 15:50:00 / Yangiliklar

Haftaning har payshanba kuni yurtimizda keng nishonlanayotgan “Yoshlar kuni” doirasida Samarqand shahrida yoshlar bilan bevosita uchrashuvlar, ochiq muloqotlar va muammolarni joyida hal etishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda tashkil etilmoqda.
Xususan, Samarqand shahar hokimining oʻrinbosari Farhod Nishonov tomonidan Bogʻisaroy mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi. Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bandlik, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish, taʼlim, kredit va subsidiya masalalari, shuningdek, boʻsh vaqtni mazmunli tashkil etishga oid taklif va muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot jarayonida har bir murojaat eʼtibor bilan tinglanib, tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida muammolarni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan boʻlsa, qoʻshimcha oʻrganishni talab qiladigan murojaatlar ijroga yoʻnaltirildi va nazoratga olindi.


