Samarqand shahrida eng yaxshi xorijiy til maktablari aniqlandi
2026-04-29 22:15:00 / Yangiliklar

Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari Farhod Nishonov ishtirok etdi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilib, xorijiy tillarni o‘rganishni keng ommalashtirish, o‘quvchilarning bilim va salohiyatini oshirish hamda ularni rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.
Joriy o‘quv yilida ham tanlov yuqori saviyada o‘tkazilib, eng munosib maktablar aniqlanib taqdirlandi:
🏆 1-o‘rin – 81-maktab jamoasi
100 million so‘mlik vaucher;
🥈 2-o‘rin – 33-maktab jamoasi
75 million so‘mlik vaucher;
🥉 3-o‘rin – 30-maktab jamoasi
50 million so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.
Ushbu tanlov ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirib, xorijiy tillarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda.


