Savodxonlik bellashuvida munosiblar taqdirlandi
2026-04-29 14:15:00 / Yangiliklar

Samarqand shahar tashkilotlari xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi tegishli qarori ijrosi doirasida “Umummilliy diktant” loyihasi tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat tilining nufuzi va mavqeini oshirish, xodimlar o‘rtasida savodxonlik darajasini yanada mustahkamlashdan iborat.
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Samarqand shahar Markaziy shifoxonasi xodimi Achilova Zuhra Rahmankulovna;
🥈 2-o‘rin — Samarqand shahar Inson ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi Botirova Muborak Islomovna;
🥉 3-o‘rin — Samarqand shahar Mudofaa ishlari bo‘limi xodimi Musurmonov Toyirjon Turoqul o‘g‘li;
G‘oliblar shahar hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



