Karamayda Samarqand shahar hokimligi vakili e’tirof etildi
2026-04-25 09:00:00 / Yangiliklar

Xitoy Xalq Respublikasining Karamay shahrida “Sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar” yo‘nalishida o‘tkazilgan nufuzli xalqaro tadbir muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur anjumanda Samarqand shahar hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shohrux Axatov ishtirok etib, ilg‘or innovatsion yechimlar va istiqbolli loyihalar bilan tanishdi hamda o‘zaro tajriba almashdi.
Tadbir yakunida hokimlik vakili faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.


