SAMARQAND VA SINDDAO SHAHARLARI HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
2026-04-23 21:05:00 / Yangiliklar

Samarqand shahrida Xitoy Xalq Respublikasining Sinddao shahar Agrar universiteti vitse prezidenti Van Yunszyan boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini shahar hokimi o‘rinbosari Yunus Bobonazarov qabul qildi.
Uchrashuvda ikki shahar o‘rtasida so‘nggi yillarda shakllangan mustahkam hamkorlik aloqalari, jumladan, imzolangan memorandum va kelishuvlar asosida munosabatlar yangi bosqichga chiqayotgani ta’kidlandi.
Tomonlar kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ta’lim, investitsiya va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
Mehmonlar 18-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Samarqand shahri kuni” tadbirlariga taklif etildi.



