Shahar rahbari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda
2026-04-23 15:25:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangani yosh avlodga bo‘lgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir.
Mazkur tashabbus doirasida Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov SOS bolalar mahallalarida bo‘lib, hududda yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlar uchun tashkil etilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, infratuzilma holati, ta’lim-tarbiya jarayonlari va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar alohida ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng shahar rahbarining yoshlar bilan ochiq muloqoti boshlandi. Samimiy va ochiq ruhda o‘tayotgan uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha tinglanmoqda. Qator masalalarga joyida yechim topilib, vaqt talab qiladigan murojaatlarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar berilyapti.
Samarqand shahrida yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, uchrashuvlar davom etadi...




