Samarqand – Nankin: hamkorlik yangi bosqichda
2026-04-21 18:10:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Nankin shahridagi Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi o‘rinbosari Chjen Yun boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Samarqand shahrida bo‘lib turibdi.
Bugun delegatsiyani shahar hokimi Fazliddin Umarov qabul qildi.
Uchrashuvda tashrifning o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyati qayd etildi. Tomonlar savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, erkin savdo platformalari, hududlararo hamkorlik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Joriy yil oktyabr oyida Samarqand va Nankin o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha shartnoma imzolanishi belgilab olindi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati



