SAMARQANDDA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR SAMARA BERMOQDA
2026-04-21 09:55:00 / Yangiliklar

Samarqand shahrida “Jamoatchilik ovozi” guruhi tomonidan oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mahallalarda nizoli va ajrim yoqasidagi oilalar bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, muammolar chuqur o‘rganilmoqda hamda tomonlar o‘zaro murosaga keltirilmoqda.
Jumladan, Galaosiyo mahallasida olib borilgan ishlar natijasida 3 ta oila yarashtirilib, ajrimning oldi olindi.
“Oilani asrash – jamiyatni asrash demakdir.”
Har bir muammoga befarq bo‘lmaslik va insonlar dardiga yechim topish barchamizning muhim vazifamizdir.


