Samarqand davlat universitetida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
2026-04-20 17:55:00 / Yangiliklar

Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida bitiruvchi o‘quvchilarni oliy ta’limga jalb etish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand shahridagi maktablarning 165 nafar iqtidorli bitiruvchilari ishtirok etdi. Universitet rahbariyati va mutasaddi tashkilotlar vakillari o‘quvchilarga ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.
O‘quvchilar universitetning institut va fakultetlari, zamonaviy laboratoriyalar, IT markazlar hamda muzeylar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, xorijiy hamkorliklar va ta’lim dasturlari haqida ham tushunchaga ega bo‘ldi.
Mazkur tadbir yoshlarni oliy ta’limga qiziqtirish va ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


