Samarqandda IV Xalqaro kashtachilik festivali bo‘lib o‘tmoqda
2026-04-19 10:35:00 / Yangiliklar

Samarqand shahridagi Islom Karimov ko‘chasida o‘tkazilayotgan festivalda hunarmandchilar sara ijod namunalari bilan tanishib, san’at va milliy hunarmandchilik an’analarining betakror uyg‘unligini namoyish etmoqda.
Festival doirasida hunarmandchilik bozori tashkil etilib, unda milliy sovg‘alar hamda esdalik buyumlarini xarid qilish mumkin.
Tadbir tarix va san’at uyg‘unligini kuzatish imkoniyatini yaratib, mahalliy aholi, xorijlik sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.


